monty by Nuvi — to‘lovni qaytarish siyosati

Oxirgi yangilanish: 12-oktabr, 2026-yil.

1. O‘zbekistondagi to‘lovlar

Click, Payme, Multicard yoki karta o‘tkazmasi orqali so‘mda to‘langan quvvat paketlari qaytarilmaydi (Ommaviy oferta, 10-bo‘lim). To‘lovdan oldin birinchi reelsni bepul sinab ko‘rishingiz mumkin.

2. Xalqaro to‘lovlar (Paddle)

AQSh dollarida xalqaro karta bilan to‘langan buyurtmalarni Paddle.com Market Limited («sotuvchi-agent») qabul qiladi. Bunday xarid uchun xarid kunidan boshlab 14 kun ichida, sotib olingan quvvat ishlatilmagan bo‘lsa, pulni to‘liq qaytarishni so‘rashingiz mumkin. Quvvat qisman ishlatilgan bo‘lsa yoki 14 kun o‘tgan bo‘lsa, to‘lov qaytarilmaydi, qonun majburiy talab qilgan hollar bundan mustasno.

3. Montaj tayyor bo‘lmasa

Montaj bizning sababimiz bilan tayyor bo‘lmasa, shu montaj uchun yechilgan quvvat hisobingizga avtomatik qaytadi.

4. Qanday so‘raladi

Buyurtma raqami va elektron pochtangizni [email protected] ga yoki @MontyUz_Bot «Yordam» bo‘limiga yuboring. Paddle orqali to‘langan bo‘lsa, Paddle yuborgan chekdagi havola orqali ham so‘rash mumkin. Qaytarilgan pul to‘lov qilingan kartaga 5–10 ish kunida tushadi, shu buyurtma quvvati hisobdan olib tashlanadi.