Kuchga kirgan sana: [SANA]. Xizmat egasi: [YURIDIK SHAXS NOMI, STIR], [MANZIL]. Aloqa: [EMAIL], Telegram @[SUPPORT].
monty — foydalanuvchi yuklagan videodan avtomatik montaj qilingan qisqa video (reels) tayyorlab beradigan sun'iy intellekt xizmati. Xizmat veb-ilova (brauzer va Telegram Mini App), mobil ilova (iOS, Android) va kompyuter ilovasi (macOS, Windows) orqali ishlaydi.
Hisobga telefon raqam (SMS kod), Telegram, Apple yoki Google orqali kirasiz. Hisobingiz orqali qilingan barcha harakatlar uchun o'zingiz javobgarsiz. 16 yoshdan kichiklar xizmatdan ota-ona roziligi bilan foydalanadi.
Montaj ichki birlik — quvvat bilan hisoblanadi: to'liq montaj 10, subtitr va musiqali oddiy montaj 5, faqat kesish 3, tayyor videoni tuzatish 2 quvvat. Yangi foydalanuvchiga 10 quvvat sovg'a qilinadi; taklif havolasi orqali kelgan do'st birinchi paketni sotib olganda ikkala tomonga 10 quvvatdan beriladi. Quvvat paketlari so'mda (brauzerda — Click yoki Payme orqali) yoki Telegram Stars'da (Telegram ichida) sotiladi; narxlar ilovada ko'rsatiladi. Montaj to'xtasa, yechilgan quvvat avtomatik qaytariladi. AI B-roll (sun'iy intellekt tayyorlagan qo'shimcha kadr) alohida to'lanadi: rasm-klip 1, video-klip 3 quvvat; tayyor bo'lmagan klip uchun quvvat qaytariladi. AI tayyorlagan kadrlar real voqeani aks ettirmaydi — ularni haqiqiy hujjat yoki dalil sifatida taqdim etmang. Kuniga bitta hisobdan 20 tagacha video qabul qilinadi. Quvvatning amal qilish muddati cheklanmagan. Quvvat pulga qaytarilmaydi va boshqa hisobga o'tkazilmaydi, qonunda boshqacha belgilangan hollar bundan mustasno.
Agar montaj bizning tomonimizdagi sabab bilan tayyor bo'lmasa, yechilgan quvvat avtomatik ravishda hisobingizga qaytariladi. Matnni tasdiqlashdan oldin quvvat yechilmaydi.
Yuklagan video, ovoz va B-roll'lar sizniki bo'lib qoladi. Montaj qilish uchun ularni qayta ishlashimizga ruxsat berasiz. Tayyor videodan cheklovsiz foydalanishingiz mumkin, suv belgisi qo'yilmaydi. Siz yuklagan kontentga tegishli huquqlar sizda bo'lishi kerak; boshqalarning huquqini buzadigan, noqonuniy, zo'ravonlik yoki kamsitishni targ'ib qiluvchi kontentni yuklash taqiqlanadi.
Ichki kutubxonadagi musiqa va ovoz effektlari monty'ga uchinchi shaxslar tomonidan litsenziyalangan va faqat monty tayyorlagan tayyor video tarkibida beriladi. Tayyor videoni istalgan platformada (Instagram, TikTok, YouTube va boshqalar) joylashingiz va monetizatsiya qilishingiz mumkin. Musiqani videodan ajratib olish, alohida yoki boshqa loyihalarda ishlatish, tarqatish, shuningdek uni (yoki shu musiqali videoni) YouTube Content ID, Facebook Rights Manager kabi huquqlarni boshqarish tizimlarida ro'yxatdan o'tkazish taqiqlanadi. Kutubxona musiqasi bo'yicha avtomatik shikoyat kelsa, qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing — e'tiroz uchun litsenziya hujjatini beramiz. Kutubxona tarkibi ogohlantirishsiz o'zgarishi mumkin.
Montaj, transkripsiya va matnlar sun'iy intellekt yordamida avtomatik tayyorlanadi va xatolar bo'lishi mumkin. Videoni joylashdan oldin uni ko'rib chiqish sizning mas'uliyatingizda.
Xizmat «boricha» taqdim etiladi. Qonun ruxsat bergan doirada bizning javobgarligimiz oxirgi 3 oyda siz to'lagan summadan oshmaydi.
Hisobingizni istalgan vaqtda ilovadagi «Hisobni o'chirish» orqali o'chirishingiz mumkin. Bunda videolaringiz, fayllar va quvvat qoldig'i butunlay o'chiriladi.
Shartlar o'zgarsa, ilova yoki Telegram orqali xabar beramiz. Xizmatdan foydalanishda davom etish yangi shartlarga rozilik hisoblanadi.
Ushbu shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.