monty by Nuvi: ommaviy oferta, 2-qism — pullik xizmatlar va to‘lovlar

Oxirgi yangilanish: 6-noyabr, 2026-yil.

Ushbu hujjat monty by Nuvi ommaviy ofertasining (monty.uz/terms) 2-qismi va uning ajralmas qismidir. U Xizmatning pullik imkoniyatlari, to‘lovlar, quvvat, sinov montaji, taklif dasturi va ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni tartibga soladi. Atamalar ofertaning 1-qismidagi ma’noda qo‘llanadi. Foydalanuvchi quvvat paketini yoki sinov montajini sotib olishi yoki to‘lov qilishi bilan ushbu 2-qismni qabul qilgan hisoblanadi.

1. Quvvat va haq to‘lash

1.1. Quvvat (⚡): Xizmat ichidagi hisob birligi. Quvvat pul, elektron pul yoki qaytarib olinadigan aktiv emas; u faqat Xizmat ichida montaj uchun ishlatiladi.

1.2. Foydalanuvchi tanlangan montaj uchun quvvat bilan haq to‘laydi.

2. Narxlar va to‘lov

2.1. Montaj quvvat bilan hisoblanadi. Amaldagi narxlar: motionsiz montaj (kesish, dinamik subtitr, plashka, kartochka, ovoz effektlari va shu kabilar): 20 ⚡; motion grafikali montaj: 50 ⚡ (bu narxlar 1 daqiqa 30 soniyagacha bo‘lgan video uchun; uzunroq videoda har boshlangan 1 daqiqa 30 soniya uchun shu narx qayta hisoblanadi); YouTube dars: videoning har boshlangan daqiqasi uchun 10 ⚡; podkastdan reels: «Tez kesish» — podkastning har boshlangan 3 daqiqasi uchun 1 ⚡, kliplar uchun alohida haq olinmaydi; «Viral reels» — podkastning har boshlangan daqiqasi uchun 1 ⚡ va har bir klip uchun 20 ⚡; tayyor videoni tuzatish: 10 ⚡; sun’iy intellekt B-roll (matn tasdiqlash bosqichida qo‘shiladigan sahnalar): surat — 10 ⚡, video — 30 ⚡ har bir klip uchun; Monty tahrirlagichida fon olib tashlash: videoning har boshlangan daqiqasi uchun 1 ⚡; tahrirlagichda subtitr qo‘shish: videoning har boshlangan daqiqasi uchun 1 ⚡. Har bir stilning narxi ilovada, stil tanlanganda ko‘rsatiladi.

2.2. Quvvat paketlari: Lite: 30 daqiqa subtitr, 49 000 so‘m (faqat subtitr uchun, montajga ishlatilmaydi; montaj uchun eng kichik paket Start); Start: 100 ⚡, 145 000 so‘m; Faol: 300 ⚡, 345 000 so‘m ($29); Ommabop: 600 ⚡, 570 000 so‘m ($47); Enterprise: 3 000 ⚡, 2 220 000 so‘m ($185). Paketdagi reels soni taxminiy bo‘lib, tanlangan stilga bog‘liq. Dollardagi narx xalqaro karta orqali to‘lov uchun (2.4-band) mo‘ljallangan; Lite va Start paketlari faqat so‘mda sotiladi. Saytdagi narx va to‘lov sahifasidagi yakuniy summa farq qilsa, to‘lovdan oldin ko‘rsatilgan yakuniy summa ustun turadi.

2.3. To‘lov usullari: to‘lov Multicard (multicard.uz) to‘lov sahifasi orqali amalga oshiriladi: Uzcard, Humo kartalari yoki Payme, Click, Uzum va boshqa to‘lov ilovalari bilan. To‘lov tasdiqlangach quvvat hisobga avtomatik tushiriladi va fiskal chek beriladi. Yangi to‘lov usullari qo‘shilsa, ularning shartlari shu 2-qismga kiritiladi.

2.4. Xalqaro bank kartalari (Visa, Mastercard) bilan to‘lov imkoni Multicard orqali qo‘shilmoqda; u ishga tushganda uning shartlari (valyuta, yakuniy summa, soliqlar) shu 2-qismga kiritiladi va to‘lov sahifasida ko‘rsatiladi. Ungacha to‘lov faqat 2.3-bandda ko‘rsatilgan usullar bilan qabul qilinadi.

2.5. Obuna va avtomatik yechib olish yo‘q: quvvat bir martalik paket sifatida sotib olinadi. 2026-yil 18-oktabrdan boshlab sotib olingan paket quvvati 30 kun amal qiladi; muddat tugashidan oldin yangi paket olinsa, qolgan quvvat saqlanadi. Ushbu sanadan oldin sotib olingan quvvat muddatsiz amal qiladi. Quvvat sarflanganda avval muddatli quvvat ishlatiladi. 2026-yil 18-oktabrda quvvat birligi 10 barobar maydalashtirildi: barcha balanslar 10 ga ko‘paytirildi, narxlar ham shu nisbatda o‘zgardi, quvvatning so‘mdagi qiymati o‘zgarmadi. 2026-yil 19-oktabrdan boshlab videoga subtitr qo‘shish quvvat bilan to‘lanadi: videoning har boshlangan daqiqasi uchun 1 quvvat. Shu sanagacha sotib olingan Subtitr tarifi daqiqalari muddati tugaguncha birinchi navbatda ishlatiladi.

2.6. Quvvat Foydalanuvchi matnni tasdiqlab, montajni boshlaganda yechiladi. Matnni tasdiqlashdan oldin quvvat yechilmaydi. Istisno: matn tasdiqlash bosqichida qo‘shilgan sun’iy intellekt B-roll kliplari uchun quvvat ular tayyorlanishga yuborilgan paytda yechiladi; tayyor bo‘lmagan klip uchun quvvat avtomatik qaytariladi.

2.7. Bank o‘tkazmasi uchun: hisob raqami 20218 000 9 07378855 001, hisob egasi YATT ABDULLAYEV ISROILJON IZZATILLA OGLI, MFO 01158, «Kapitalbank» ATB Toshkent filiali, valyuta UZS.

3. Sinov montaji va taklif dasturi

3.1. Quvvat paketi sotib olishdan oldin Foydalanuvchi bitta reelsni sinov narxida montaj qildirishi mumkin: 1 daqiqagacha bo‘lgan video — 6 000 so‘m, 2 daqiqagacha — 10 000 so‘m (2 daqiqadan uzun videoga sinov berilmaydi). Sinov montaji to‘liq sifatda, suv belgisiz bajariladi. Sinov to‘lovi evaziga hisobga tushirilgan sinov quvvati 30 kun amal qiladi. Sinov har bir hisob va har bir bank kartasi uchun bir marta beriladi; sinov olingan hisob yoki karta bilan qayta sinov uchun to‘lov qabul qilinmaydi va bunday operatsiya to‘lov tizimi tomonidan bekor qilinadi («Qaytarish siyosati», 2.2-band). 2026-yil 18-oktabrgacha olingan bepul (suv belgili) reelsning suv belgisiz nusxasi istalgan quvvat paketi sotib olinganda qo‘shimcha haq olinmasdan beriladi.

3.2. Taklif havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan do‘st har safar quvvat paketi sotib olganda, taklif qilgan Foydalanuvchining taklif balansiga shu paket narxining 15% i so‘mda yoziladi. Ijrochi ayrim Foydalanuvchilar (masalan, hamkor blogerlar) uchun yuqoriroq foiz belgilashi mumkin. Balansdagi mablag‘ni Foydalanuvchi 100 000 so‘mdan boshlab o‘z bank kartasiga o‘tkazishni so‘rashi mumkin, Ijrochi uni odatda 1–2 ish kunida o‘tkazadi. Balansni istalgan paytda quvvatga almashtirish ham mumkin (950 so‘m = 1 quvvat). Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda o‘tkazmadan soliq ushlab qolinadi. To‘lov to‘lov tizimi tomonidan bekor qilinsa, shu to‘lov uchun yozilgan summa balansdan olib tashlanadi.

3.3. Sinov montaji yoki taklif dasturini suiiste’mol qilish (soxta hisoblar, o‘z-o‘zini taklif qilish va hokazo) aniqlansa, Ijrochi bonuslarni bekor qilishi va hisobni cheklashi mumkin.

4. Quvvatning qaytishi va to‘lovlar qaytarilmasligi

4.1. Montaj Ijrochi tomonidagi sabab bilan tayyor bo‘lmasa, shu montaj uchun yechilgan quvvat avtomatik ravishda hisobga qaytariladi. Bu pul qaytarish hisoblanmaydi.

4.2. Quvvat paketi uchun to‘langan summa qaytarilmaydi. Quvvat pulga almashtirilmaydi va boshqa hisobga o‘tkazilmaydi. Foydalanuvchi paket sotib olishdan oldin sinov montaji (3.1-band) orqali Xizmat natijasini ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega.

4.3. Ushbu bo‘lim faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida majburiy tartibda belgilangan hollarga nisbatan qo‘llanmaydi.

4.4. Sinov montaji Ijrochi tomonidagi sabab bilan tayyor bo‘lmasa, sinov quvvati hisobga avtomatik qaytadi va Foydalanuvchi montajni qo‘shimcha to‘lovsiz qayta boshlashi mumkin. Sinov to‘lovi pul shaklida qaytarilmaydi. Batafsil: «Qaytarish siyosati», monty.uz/refund.

5. To‘lovlar bilan bog‘liq ma’lumotlar

5.1. To‘lov qilganingizda tanlangan paket, summa, sana, to‘lov tizimi bergan tranzaksiya raqami, shuningdek to‘lov tizimi qaytargan karta tokeni yoki yashirilgan karta raqami (faqat oxirgi 4 ta raqami ko‘rinadi) va to‘lovchi telefon raqamining oxirgi raqamlari saqlanadi — sinov montaji har bir kartaga bir marta berilishini ta’minlash uchun. Kartaning to‘liq raqami, amal qilish muddati va CVV kodi bevosita to‘lov tizimida kiritiladi, Ijrochi ularni ko‘rmaydi va saqlamaydi. Taklif dasturida pul yechish uchun hamkor kiritgan karta raqami o‘tkazma bajarilguncha saqlanadi, so‘ng yashiriladi (oxirgi 4 ta raqami qoladi).

5.2. Bu ma’lumotlar quvvat qoldig‘i, sinov montaji va taklif bonuslarini yuritish, to‘lovlarni qabul qilish hamda to‘lov xabarlarini yuborish uchun ishlatiladi.

5.3. To‘lov tizimi: Multicard (O‘zbekiston): to‘lov summasi, buyurtma raqami va to‘lov holati uzatiladi; Multicard karta tokenini yoki yashirilgan karta raqamini va to‘lovchi telefon raqamini qaytaradi (5.1-band). Kartaning to‘liq ma’lumotlarini faqat Multicard va banklar ko‘radi. To‘lov ma’lumotlari O‘zbekistonda qayta ishlanadi. Xalqaro kartalar bilan to‘lov imkoni qo‘shilganda unga uzatiladigan ma’lumotlar shu 2-qismga kiritiladi.

5.4. To‘lov yozuvlari qonunda belgilangan muddatda saqlanadi. Hisob o‘chirilganda ular qonun talabi bilan saqlanib qoladi, ammo ulardagi karta ma’lumotlari o‘chiriladi yoki yashiriladi va ular shaxsga bog‘lanmaydi.

5.5. Qolgan barcha masalalarda Maxfiylik siyosati (monty.uz/privacy) qo‘llanadi.

6. Javobgarlik chegarasi va o‘zgarishlar

6.1. Qonun ruxsat bergan darajada Ijrochining javobgarligi oxirgi 3 oyda Foydalanuvchi to‘lagan summadan oshmaydi.

6.2. Narx yoki Foydalanuvchi huquqini yomonlashtiruvchi o‘zgarish allaqachon sotib olingan quvvatga orqaga qarab tatbiq etilmaydi.

6.3. Hisob o‘chirilganda quvvat qoldig‘i ham butunlay o‘chiriladi.

7. Ijrochi rekvizitlari

Ijrochi: ABDULLAYEV ISROILJON IZZATILLA O‘G‘LI (yakka tartibdagi tadbirkor)

STIR (INN): 50101056520018

Yuridik manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xamkorobod MFY, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 186-uy, O‘zbekiston Respublikasi

Hisob raqami: 20218 000 9 07378855 001, «Kapitalbank» ATB Toshkent filiali, MFO 01158

Telefon: +998 94 333 84 33

Elektron pochta: [email protected]

Qo‘llab-quvvatlash: Telegram @monty_support