Video yuklang —
montaj tayyor
Reels, YouTube dars, cinematic blog yoki uzun podkastdan reelslar. Video yoki oddiy ovozli xabar yuklang — monty pauza va takrorlarni kesadi, tanlagan stilingizda matn, motion, subtitr va musiqa qo'yib, tayyor video qaytaradi. Birinchi video bepul.
Xom video
monty montajiUch qadam
Tur, stil va video
Montaj turini va stilini tanlang, videongizni yoki ovozli xabaringizni yuklang — xato, pauza, takror bo'lsa ham mayli.
Matnni tasdiqlang
Monty o'zbek nutqini matnga aylantiradi. Bir qarab chiqasiz — subtitr shundan olinadi.
Joylang
Matn, motion, subtitr, sokin musiqa va izohga chaqiruv bilan tayyor reels. Suv belgisi yo'q.
Montaj turlari
Avval turini tanlang, keyin stilini. Video yoki ovozli xabarni yuklaysiz — monty o'sha stilda montaj qiladi.
Reels — Instagram, TikTok, Shorts uchun vertikal video
Green Minimal 10 ovoz ham
Oq sahnalar, yashil urg'u, nafis shrift, harakatli grafikalar; yuz o'rtada 2-3 soniya
Coral Steps 10 ovoz ham
Apple uslubidagi qadam-baqadam qo'llanma: «1-qadam», UI kartalar, coral to'lqin
Red List 10 ovoz ham
Ro'yxat video: qizil raqamlar, katta sarlavhalar, B-roll kesmalar
Gold Pop 10
Yuz to'liq ekranda, oltin subtitr to'plamlari, raqam plitkalari, kursorlar
Podcast Glow 10
Yuz to'liq ekranda, bitta so'zli subtitr, sariq nurli kalit so'zlar, qora kartalar
Coral 10
Matn kartalari, B-roll, kamera harakati, izohga chaqiruv
Neon 10
Qorong'i kartalar, neon nur, glitch o'tishlar
Kino 10
Kino polosalari, serif subtitr, iliq tus
Subtitr 5
Kesish + minimal subtitr + sokin musiqa
Toza 3
Pauza va qayta aytilganlar kesiladi, ovoz tozalanadi
YouTube dars — Gorizontal 16:9 dars yoki qo'llanma
Green Minimal dars 20 ovoz ham
Toza rang, minimal subtitr, bo'limlar orasida coral to'lqin «1-qism · Mavzu». Ovozli dars: oq slaydlarda kalit so'zlar
Toza dars 20
Subtitrsiz: pauza va xatolar kesiladi, ovoz tozalanadi, bo'limlar orasida coral to'lqin
Blog — Cinematic: sayohat, vlog, kundalik — ortiqcha grafikasiz
Kino 10 ovoz ham
Kino rangi, 2.39 polosa, sekin kadrlar, yumshoq o'tishlar, sokin musiqa
Sayohat 10 ovoz ham
Iliq rang, tez ritmli kesmalar — sayohat va travel vlog uchun
Kundalik 10 ovoz ham
Tabiiy rang, joyning o'z ovozi saqlanadi, ostida yengil musiqa
Podkastdan Reels — Uzun podkastdan eng kuchli lavhalar — tayyor reelslar
Podcast Glow 10/reels
Har bir lavha: yuz markazda, bitta so'zli subtitr, sariq nurli kalit so'zlar
Subtitr 5/reels
Har bir lavha: yuz markazda, pauzalar kesilgan, minimal subtitr
Green Minimal 10/reels ovoz ham
Audio podkast uchun ham: har bir lavha yuzsiz harakatli grafikaga aylanadi
AI B-roll +1 / 3
Kadringiz yo'qmi? monty matndan mos sahnalarni topadi va sun'iy intellekt bilan tayyorlaydi: harakatlanuvchi rasm-klip — 1, haqiqiy video-klip (4 s) — 3 quvvat. Tayyor bo'lmagan klip uchun quvvat qaytadi.
Narxlar
Hisob quvvatda, muddatsiz. To'liq montaj — 10, subtitr + musiqa — 5, faqat kesish — 3, tayyor videoni tuzatish — 2, AI B-roll — 1 / 3. Click, Payme yoki Telegram Stars. Birinchi montaj bepul (1 daqiqagacha video).
Hamma qurilmada
Bitta hisob — brauzer, Telegram va ilovalar. Videolar va quvvat hamma joyda bir xil.
Savollar
Montaj qancha vaqt oladi?
Kesish — 1–2 daqiqa. Oddiy va to'liq montaj — 1 daqiqalik video uchun taxminan 10 daqiqa. Sahifani yopsangiz ham bo'ladi, tayyor bo'lganda Telegram'da xabar beramiz.
O'zbek tilini tushunadimi?
Ha — nutq o'zbekcha matnga aylantiriladi, siz uni tasdiqlaysiz yoki tuzatasiz. Subtitr va ekrandagi matnlar shu matndan olinadi.
Natija yoqmasa-chi?
Tayyor videoda matn, subtitr, musiqa, B-roll yoki butun variantni 2 quvvat evaziga qayta montaj qilish mumkin. Montaj bizning tomonimizdagi sabab bilan chiqmasa, quvvat avtomatik qaytariladi. Matnni tasdiqlashdan oldin quvvat yechilmaydi.
AI B-roll nima?
Videongizga mos qo'shimcha kadrlar — sizda bunday kadr bo'lmasa, sun'iy intellekt tayyorlaydi. monty sahnani o'zi taklif qiladi, siz tasdiqlaysiz. AI kadrlar real voqea emas — ularni hujjat sifatida ishlatmang.
Videolarim xavfsizmi?
Videolaringiz faqat montaj uchun ishlatiladi, reklama yoki AI o'qitish uchun berilmaydi. Hisobni o'chirsangiz — hammasi o'chadi.
Qanday videolar qabul qilinadi?
MP4 yoki MOV, vertikal, ovozi bilan, 3 daqiqagacha (bepul sinovda 1 daqiqagacha).