Blog · 2026-11-08

Videoga o'zbekcha subtitr qo'yish: 3 usul

Subtitr videoni ovozsiz ko'radiganlar uchun ham tushunarli qiladi va ijtimoiy tarmoqlarda ko'rish vaqtini oshiradi. O'zbek tilida subtitr qo'yishning uchta asosiy usuli bor.

1. Montaj dasturida qo'lda

Matnni o'zingiz yozib, har bir jumlani vaqt chizig'iga joylaysiz. Natija aniq, lekin ancha vaqt oladi.

2. .srt fayl orqali

Matn va vaqtlar .srt faylga yoziladi, keyin u Premiere Pro, CapCut yoki YouTube'ga import qilinadi. Uslub (shrift, rang) dasturning o'zida beriladi.

3. Avtomatik subtitr

Nutq avtomatik matnga aylanadi va videoga tayyor uslubda qo'yiladi. O'zbek tili uchun eng muhimi: matnni qo'yishdan oldin ko'rib chiqib, xato so'zlarni tuzatish imkoni bo'lishi.

Qaysi birini tanlash

Bitta muhim video uchun qo'lda qilish mumkin. Har kuni reels chiqarsangiz, avtomatik usul vaqtni tejaydi. Montajor bo'lsangiz, subtitr o'zingiz ishlaydigan dastur ichiga tushgani qulay.

monty'da

Subtitr muharriri videoni kesmaydi: o'zbekcha nutqni matnga aylantiradi, siz matnni tekshirasiz, keyin 20+ uslubdan birini tanlab, shrift, rang va joyini o'zgartirasiz. Lite paketi: 30 daqiqa 49 000 so'm. Premiere Pro uchun panel ham bor: pro.monty.uz.

Boshqa maqolalar