Videoga o'zbekcha subtitr qo'yish

Videongiz o'zgarmaydi: monty o'zbek nutqini matnga aylantiradi va unga tayyor uslubdagi subtitr qo'yadi. Matnni, shriftni, rangni va joyini o'zingiz tahrirlaysiz.

Videoga o'zbekcha subtitr qo'yish

Subtitr muharriri

Kesilmaydi, ulanmaydi: videongizga 20+ tayyor uslubdagi subtitr qo'yiladi va har birini o'zgartirsa bo'ladi. Avval matnni ko'rib chiqasiz, xato so'zni tuzatasiz, keyin uslubni tanlaysiz.

Subtitr reels, YouTube video va podkast uchun mos. Montaj ham kerak bo'lsa, reels montaj turlarida subtitr avtomatik qo'yiladi.

Narxi

Lite paketi faqat subtitr uchun: 49 000 so'mga 30 daqiqa, 30 kun amal qiladi. Matnni tasdiqlashdan oldin hech narsa yechilmaydi.

Montajorlar uchun

Premiere Pro'da ishlasangiz, o'zbekcha subtitr panel ichida tushadi: pro.monty.uz. Tayyor videodan .srt faylni yuklab olib, boshqa dasturga ham import qilish mumkin.

Savollar

O'zbek tilidagi nutqni to'g'ri yozadimi?

monty o'zbek nutqini matnga aylantiradi, siz matnni subtitr qo'yilishidan oldin ko'rib chiqib tuzatasiz.

Subtitr uslubini o'zgartirsa bo'ladimi?

Ha: matn, shrift, rang va ekrandagi joyi tahrirlanadi.

Video sifati o'zgaradimi?

Yo'q, video kesilmaydi va ulanmaydi, ustiga faqat subtitr qo'yiladi.

Boshqa imkoniyatlar