Reels montaj: AI bilan bir necha daqiqada
Telefonda gapiring, videoni yuklang. monty uni Instagram Reels, TikTok va YouTube Shorts uchun tayyor vertikal videoga aylantiradi: kesadi, subtitr va matn qo'yadi, motion va sokin musiqa qo'shadi.
Reels montajda monty nima qiladi
Pauza, xato va takrorlarni kesadi. O'zbek nutqini matnga aylantiradi, siz matnni tasdiqlaysiz. Keyin tanlagan stilingizda subtitr, ekrandagi sarlavhalar, harakatli grafika, sokin musiqa va izohga chaqiruv qo'yadi. Tayyor videoda suv belgisi yo'q.
Kadringiz yetmasa, AI B-roll yoqiladi: monty matnga mos sahnalarni topadi va sun'iy intellekt bilan tayyorlaydi. Sahnalarni siz tasdiqlaysiz.
Reels stillari
Prime: yuz to'liq ekranda, Apple uslubidagi kartalar va UI sahnalar. Mint: oq sahnalar, yashil urg'u, nafis shrift. Steps: qadam-baqadam qo'llanma. Gold: oltin subtitr va raqam plitkalari. Snap: aytilgan har bir so'z o'z vaqtida chiqadigan oq plashkalar. Headline: yangiliklar uslubidagi rangli lentalar.
Retro, Cinema, Versus, Guide, Flow va Notes stillari ham bor. Mint, Steps va Flow oddiy ovozli xabardan ham video tayyorlaydi: yuzingizni ko'rsatmasangiz ham bo'ladi.
Vlog va sayohat videolari
Blog turida Kino, Sayohat va Kundalik stillari bor: kino rangi, yumshoq o'tishlar, tez ritmli kesmalar va joyning o'z ovozi ostida yengil musiqa.
Natijani o'zgartirish
Tayyor videoni Studio'da o'zingiz tahrirlaysiz: matn, rang, shrift va musiqa. Montaj bizning tomonimizdagi sabab bilan chiqmasa, quvvat avtomatik qaytariladi.
Savollar
Reels montaj qancha vaqt oladi?
1 daqiqalik video uchun taxminan 10 daqiqa. Sahifani yopsangiz ham bo'ladi, tayyor bo'lganda Telegram'da xabar beramiz.
Qanday video yuklash kerak?
MP4 yoki MOV, vertikal, ovozi bilan, 3 daqiqagacha. Hook, asosiy qism va CTA alohida yozilgan bo'lsa, hammasini yuklang: ketma-ket ulab bitta reels qilamiz.
Reels montaj narxi qancha?
Birinchi video sinov narxida: 6 000 so'mdan. Keyin quvvat paketlari: eng kichigi Start, 145 000 so'm. Obuna yo'q.