Video montaj ilovasi: bitta hisob, hamma qurilmada

monty'ni brauzerda, Telegram'da yoki kompyuter ilovasida ishlatasiz. Videolar va quvvat hamma joyda bir xil: telefondan yuklagan videoni kompyuterda ochasiz.

Video montaj ilovasi: bitta hisob, hamma qurilmada

Qayerda ishlaydi

Brauzer va Telegram: hozir ishlaydi, o'rnatish shart emas.

Mac va Windows: kompyuter ilovasini monty.uz/download sahifasidan yuklab olasiz.

iPhone va Android: App Store va Google Play ilovalari tez kunda, hozircha telefonda veb-versiya ishlaydi.

Ilovada nima qilasiz

Reels, YouTube dars, vlog va podkast montaji; videoga subtitr qo'yish; tayyor videoni Studio'da tahrirlash. Montaj tugaganda Telegram'da xabar beramiz.

Montajorlar uchun

Premiere Pro paneli: o'zbekcha subtitr, AI kesish va AI montaj qatlamlari o'zingiz ishlaydigan dastur ichida. Batafsil: pro.monty.uz.

Savollar

Ilova bepulmi?

Ilovani yuklash bepul. Montaj quvvat bilan qilinadi, birinchi video sinov narxida: 6 000 so'mdan.

Telefonda montaj qilsa bo'ladimi?

Ha, telefonda brauzer yoki Telegram orqali video yuklaysiz, montaj serverda bajariladi va telefoningizni qiynamaydi.

Boshqa imkoniyatlar